Kontent qismiga oʻtish

Alina Kashlinskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Alina Kashlinskaya
2022-Alina-Kashlinskaya
Mamlakat

Rossiya (May 2022-yil)

Polsha (May 2022-yil)
Tugʻilishi 28-oktabr 1993-yil
Moskva, Rossiya
Saravha Xalqaro magistr, Ayol grossmeyster
FIDE reyting (Avgust 2022-yil) (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2494 (Aprel 2020-yil)

Alina Anatolyevna Kashlinskaya (ruscha: Алина Анатольевна Кашлинская; 1993-yil 28-oktyabrdaMoskva shahrida tugʻilgan)[1] — asli Rossiyada tugʻilgan polyak shaxmatchi ayol. U 2014 va 2009-yillarda FIDE tomonidan berilgan xalqaro usta va ayol grossmeyster unvonlariga ega boʻlgan. Kashlinskaya 2019-yilgi ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha yakka tartibdagi oʻtkazilgan Yevropa chempionligida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

2003-yilda Kashlinskaya 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida shaxmat boʻyicha Yevropa yoshlar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.[2]

2010-yil avgust oyida u Scheveningen tizimi bilan oʻtkazilgan 7-Xitoy-Rossiya oʻyinida Rossiya ayollar jamoasi tarkibida ishtirok etdi[3]. Kashlinskaya 39-shaxmat Olimpiadasining ayollar boʻlimida Rossiyaning B jamoasi safida ishtirok etdi. U beshinchi bortda oʻynab, individual kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].

2011-yilda Kashlinskaya shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 18 yoshgacha boʻlgan qizlar boʻlimida kumush medali sovrindori boʻldi[5]. Keyingi yili u shaxmat boʻyicha talaba qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi[6].

2013-yilda u oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida gʻolib boʻldi[7] va oʻsmir qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[8]. Oʻsha yili Kashlinskaya 6-"Snowdrops vs Old Hands" oʻyinida ishtirok etdi. Mazkur oʻyinda u 5/8 ball toʻpladi va oʻzining „Snowdrops“ jamoasiga (Viktoriya Cmilyte, Kashlinskaya, Mariya Muzychuk, Nastasiya Ziaziulkina) „Old Hands“ jamoasi (Iosif Dorfman, Boris Gulko, Borislav Ivkov, Volfgang Uhl) ustidan gʻalaba qozonishga yordam berdi. Natija 17½-14½. Kashlinskaya butun musobaqaning eng yaxshi shaxmatchisi boʻldi[9].

2015-yil mart oyida Kashlinskaya birinchi marta shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. U birinchi raundda Shen Yang tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Ikki oy oʻtgach, Kashlinskaya Chakvidagi ayollar oʻrtasidagi Yevropa individual chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[10]. Iyul oyida u Xitoy-Rossiya oʻrtasidagi 9-oʻyinda ishtirok etdi va 2½/5 ball toʻpladi, bu ayollar boʻlimida ruslar orasida eng yaxshi natijalardan biri edi[11]. Sentyabr oyida Kashlinskaya Vrotslavda boʻlib oʻtgan „ Krystyna Hołuj-Radzikowska Memorial — Women grossmester“ 5-turnirida gʻolib boʻldi.

2018-yil oktyabr oyida Kashlinskaya Chess.com Isle of Man International musobaqasida ayollar oʻrtasidagi bosh sovrinni (7000 funt sterling) qoʻlga kiritdi, uning turmush oʻrtogʻi Wojtaszek esa xuddi shu turnirda bosh sovrinni qoʻlga kiritdi[12].

2019-yilning aprel oyida u Antaliyada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi yakka tartibdagi Yevropa chempionatida Mari Sebag, Elizabet Pehtz, Inna Gaponenko va Antoaneta Stefanovani tay-brek hisobida ortda qoldirib, gʻolib boʻlgan edi[13]. Oktyabr oyida Kashlinskaya Batumida boʻlib oʻtgan 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan, oʻyinda u Rossiya jamoasining zaxira taxtasida oʻynadi.

2022-yil 23-maydan boshlab u Rossiya nufuzi oʻrniga Polsha shaʼnini himoya qilishni boshladi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kashlinskaya va Radosław Wojtaszek (2017-yil Dortmundda)

Kashlinskaya polshalik grossmeyster Radosław Wojtaszek bilan turmush qurgan[14]. U Rossiya davlat ijtimoiy universitetini tamomlagan[15].